Jamiyat | 13:06 / 12.02.2019
11026
3 daqiqa o‘qiladi

Xayriya: Hindistonda shifo ilinjida yurgan Hamidulloh og‘ir ahvolda. Unga qo‘shimcha mablag‘ zarur bo‘lmoqda

2018 yil 19 noyabrida hamda 2019 yil 8 yanvar kuni «Xayriya: Hamidulloh yurag porogidan aziyat chekmoqda – unga yordam beraylik!» sarlavhali xayriya maqolasi e'lon qilindi.

Unda Farg‘onaning Besharig‘idan bo‘lgan jajji Hamidulloh yurak porogining kam uchraydigan turidan aziyat chekayotgani, O‘zbekistonda jarrohlik amaliyoti amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lmagani bois, Hindistonda davolanishi mumkinligi haqida so‘z borgan edi. 

Shundan so‘ng, saxovatpesha siz azizlarning katta-kichik yordamingizda zarur mablag‘ yig‘ildi hamda Hamidulloh Hindistonga otlandi. Bugungi kunda, go‘dakning ota-onasi bizga ma'lum qilishicha, u jarrohlik amaliyotidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Biroq ahvoli qaytadan yomonlashib qolganligi sababli reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Endilikda muolajalar uchun yana bir muddat Hindistonda bo‘lishadi. Oilaning yashashiga va dori darmonlariga mablag‘i tugaganligini bizga ma'lum qilishdi.

 

Saxovatpesha aziz yurtdoshlar! Shu oilaning tashvishi arishida, jajji bir vatandoshimiz shifo topishida, murg‘ak qalbi orom olishida o‘zimizning katta-kichik hissamizni qo‘shaylik. Ehson ishiga barchamiz jam bo‘lib, bosh qo‘shaylik!

Boboyev Mag‘rubjon (otasi) +99890 947 78 80  PAYME, CLICK, AGROBANK Toshkent shahar filiali

Plastik kartochka raqami: 8600 0412 7646 2307

MFO: 00394

INN:  201200124      

Naqd pul topshirganda: 23116000600000394001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 23118000400000394001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000900000394001


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid