Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela dollar qo‘llanmaydigan savdo ittifoqi tuzishni taklif qildi
Venesuela hukumati tarkibiga Xitoy, Hindiston va Rossiya kirishi mumkin bo‘lgan savdo bloki tashkil etmoqchi. Bu Karakasga neft uchun to‘lovlarni dollarda emas, balki boshqa valutalarda amalga oshirishga yordam bergan bo‘lardi. Prezident Nikolas Maduro tuzumi uchun ayniqsa Vashington Venesuela davlat neft kompaniyasi PDVSA’ga qarshi sanksiyalar kiritgandan keyin bu muhimdir.
“Biz barchamiz bir iqtisodiyotni qurishimiz mumkin va u dollar iqtisodiyotining bir qismi bo‘lishi shart emas”, deb aytgan Venesuela neft vaziri va PDVSA prezidenti Manuel Kevedo yuqoridagi uch davlatga yuzlanib. Kevedo bundan avval Karakas Hindiston bilan barter savdosiga tayyorligini ma'lum qilgan, biroq tafsilotlarni oshkor qilmagan.
Kevedoning ta'kidlashicha, Venesuela sanksiyalarga qaramay, o‘z mijozlariga neft yetkazib bermoqda.
Vashington PDVSA’ga qarshi sanksiyalarni yanvar oxirida kiritgandi.
Mavzuga oid
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026