Sport | 22:00 / 14.02.2019
8695
1 daqiqa o‘qiladi

«Atletiko» Simeone kelajagi bo‘yicha muhim qarorni qabul qildi

«Atletiko» klubi bosh murabbiy Diyego Simeone bilan yangi shartnoma imzoladi.

Madrid klubi argentinalik mutaxassis bilan 2022 yil yozigacha hamkorlik qiladigan bo‘ldi. Avvalgi shartnoma 2020 yilgacha mo‘ljallangan edi.

Simeone «Atletiko» klubida 2011 yildan beri ishlamoqda. Mutaxassis qo‘l ostida klub Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogida, 2 marta Yevropa Ligasida va UYeFA Superkubogida g‘alaba qozongan. 2 marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan. 

Joriy mavsumda «Atletiko» Primera jadvalida peshqadam «Barselona»dan 7 ochko ortda qolgan holda,  uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Avvalroq, Simeone «Inter» klubi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mavzuga oid