Sönggi uç yil içida sobiq aholisi amerika fuqaroligini olgan mintaqalar röyxatida Osiyo ham Şimoliy Amerika qatorida yetakçilik qiladi. Boşqa mintaqalar nisbatan orqada, deyiladi uzanalytics.com sayti e'lon qilgan tahliliy maqolada.

Maqolada qayd etilişiça, kelib çiqişi osiyolik bölgan yangi amerikalarning asosiy uluşi Hindiston, Xitoy va Fillipin aholisiga töğri kelmoqda. Bu mamlakatlar faqat Meksikadan orqada qoladi xolos. Agar 2017 yilda AQŞ fuqarosi bölgan şimoliy amerikaliklar fuqarolik olgunça grin-karta bilan 11 yil yaşagan bölsalar, osiyoliklar bunga 6 yilda erişdilar.

Sönggi uç yilda Markaziy Osiyoning beşta respublikasidan mintaqadagi eng ziç aholiga ega respublika sifatida Özbekiston aholisi eng köp viza olgan. Özbeklarning mustahkam (va keng kölamli) oilaviy aloqalari köplab oilaviy birlaşişlarga sabab bölmoqda.  

Markaziy Osiyoliklar asosan Nyu-Yorkka intilmoqdalar. Mintaqa vakillari uçun fuqarolik va yaşaş joyi taqdim qiliş böyiça Kaliforniya ikkinçi örinda.

 AQŞ fuqaroligini oliş uçun AQŞda yaşaş guvohnomasi (grin-karta) bilan ma'lum vaqt davomida istiqomat qiliş kerak.

Grin-kartalar soni böyiça özbekistonliklar va qozoğistonliklar yetakçilik qiladi. Qirğiziston aholisi Tojikistonnikiga nisbatan kam bölişiga qaramay, qirğizistonliklar har yili AQŞ grin-kartasini ularga nisbatan köproq qölga kiritişmoqda.

2017 yilda grin-karta olgan Markaziy osiyoliklarning eng köpi qayerda yaşamoqda? Albatta, Nyu-Yorkda. Qirğizistonliklar köpinça Çikagoni tanlaşadi. Quyoşli Kaliforniya qozoğistonliklar va qirğizistonliklar uçun ikkinçi örindagi sevimli maskan hisoblanadi. Ayrim ştatlar böyiça ma'lumotlar mavjud emasligini ham ta'kidlaş kerak.