Tojikistonda 2018 yil nechta teraktning oldi olingani aytildi
Tojikistonda 2018 yilda militsiya xodimlari tomonidan o‘n uchta uyushgan jinoiy guruh aniqlandi va qo‘lga olindi. Bu haqda 14 fevral, payshanba kuni Dushanbeda jurnalistlar bilan uchrashuvda Tojikiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda ma'lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uyushgan jinoiy guruhlarga aloqadorlik uchun 65 kishi ushlangan. Ushbu jinoiy guruhlar tomonidan mamlakat hududida jami 71ta jinoyat sodir etildi.
Shuningdek, o‘tgan yili 873ta terroristik va ekstremistik yo‘nalishga ega jinoyatlar fosh qilindi, terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarning 298 nafar a'zosi qo‘lga olindi.
Hisobot davrida 11ta terroristik akt qayd etildi, jumladan, 4ta holatda terakt sodir etishga urinish yuz bergan.
Ichki ishlar organlari tomonidan 2018 yilda olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida chet elda jangovar harakatlarda ishtirok etgan 99 nafar fuqaro o‘z vataniga qaytarildi, deya xabar bergan IIV rahbari.
Mavzuga oid
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 02.11.2024
«Krokus»dagi terakt: ishda to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024