Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandning Ko‘ksaroy maydonidagi 14 qavatli Kengashlar uyi ham buziladi
Bugun, 15 fevral kuni Samarqand viloyat hokimligida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov raisligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019 yil 6 fevraldagi topshiriqlari ijrosini ta'minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda shaharning tarixiy markazida aniqlangan shaharsozlik me'yorlari talablariga mos kelmaydigan 159ta obektdan ayrimlarini buzish, qolganlarini talabga moslashtirish haqida gap bordi.
Jumladan, shaharning tarixiy markazidagi 10 metrdan baland bo‘lgan binolarning ortiqcha qismi 1 martga qadar buzib tashlanishi e'lon qilindi.
Ko‘hna va qadimiy shaharning tarixiy qismida ko‘zga tashlanadigan baland binolar qolmasligi haqida gapirar ekan, viloyat hokimi Samarqand shahrining Ko‘ksaroy maydonidagi 14 qavatli viloyat hokimligining kengashlar uyi ham yaqin vaqtlar ichida buzib tashlanishini e'lon qildi. U yerda joylashgan viloyatning turli tashkilot va boshqarmalari boshqa binolarga ko‘chiriladi.
Ko‘ksaroy maydonida 12 qavatli Biznes markaz binosi ham qad rostlagan. Viloyat hokimi bu binoning buzilish-buzilmasligiga oydinlik kiritmadi, lekin va'da qilinayotgan tendensiyaga ko‘ra, katta ehtimol bilan bu bino ham buziladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan asrning 80-yillarida qurilgan 14 qavatli ma'muriy binoga yaqindagina yorug‘lik diodli ulkan ekran o‘rnatilgan edi. Unda yurtimizga oid turli ramzlar bilan birgalikda, Samarqandning mashhur brendlari reklama qilib turiladi.
Mavzuga oid
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
20:37 / 03.06.2026