Sloveniyalik deputat sotuvchilarning hushyorligini tekshirmoqchi bo‘ldi. Biroq bu unga qimmatga tushdi
Sloveniya parlamenti deputati Dariy Kraynich do‘kondan sendvich “o‘g‘irlagandan” keyin iste'foga chiqishga majbur bo‘ldi. Sobiq deputatning aytishicha, u buni “ijtimoiy tajriba” sifatida amalga oshirgan.
Voqea Lyublyana markazidagi do‘konlardan birida yuz bergan. Kraynichning aytishicha, u kassa oldida pul to‘lash uchun turganda do‘konning 3 xodimi unga e'tibor bermay, 3 daqiqa davomida o‘zaro gaplashib turgan. U shunda sotuvchilar tovar bilan ketib qolganini sezishadimi-yo‘qmi tekshirib ko‘rishga qaror qilgan.
54 yoshli deputatning aytishicha, u umrida birinchi marta o‘g‘irlik qilgan va do‘konda videokuzatuv bo‘lganiga qaramay, hech kim uni to‘xtatmaganidan ajablangan. Biroq u keyinroq sendvich uchun to‘lovni amalga oshirish uchun do‘konga qaytgan.
Voqea haqida Kraynichning o‘zi ma'lum qilgan: u 13 fevralda parlamentning qishloq xo‘jaligi qo‘mitasi uchrashuvida bu voqeani kulgili voqea sifatida so‘zlab bergan. Deputatning hamkasblari dastlab haqiqatan kulishgan, biroq ertasi kuni parlament fraksiyasi yetakchisi Brane Golubovich Kraynichning bu ishini nomaqbul deb atagan.
Shundan keyin Kraynich uzr keltirib, iste'foga chiqishga qaror qilgan. Golubovichning aytishicha, deputat bu qarorni partiyaning “yuqori axloqiy standartlariga muvofiq” mustaqil qabul qilgan.
Mavzuga oid
12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati
09:20 / 22.10.2024
Sloveniyada Ikkinchi jahon urushidan qolgan yirik bomba zararsizlantirildi
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
18:20 / 24.08.2024