Sport | 21:30 / 16.02.2019
3879
1 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. «RB Leypsig» safarda g‘alaba qozonib, 4-o‘ringa mustahkam o‘rnashdi va boshqa natijalar

Germaniya chempionatida 22-turdan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi.  

«RB Leypsig» safarda «Shtuttgart» bilan bellashib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va 41 ochko jamg‘arib, 4-o‘rindagi mavqeini mustahkamladi.

«Hoffenhaym» o‘z maydonida «Hannover»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. «Shalke» va «Frayburg» o‘yinida hisob ochilmadi.

Bundesliga, 22-tur
16 fevral

Hoffenhaym – Hannover 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 4 Joelinton, 2:0 – 14 Belfodil, 3:0 – 80 Demirbay. 

Shalke – Frayburg 0:0 
Chetlatishlar: Serdar (42, Shalke), Gyunter (90, Frayburg).

Shtutgart – RB Leypsig 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 6 Poulsen, 1:1 – 16, penalti Tsuber, 1:2 – 68 Zabitser, 1:3 – 74 Poulsen. 

Volfsburg – Mayns 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 4 Arnold, 2:0 – 69, penalti Vegorst, 3:0 – 76 Knoxe.

Mavzuga oid