Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tug‘ilganlikni qayd etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish qanday hollarda rad etiladi?
Hukumat qarori bilan Tug‘ilganlikni qayd etish bo‘yicha davlat xizmatni ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram-kanalida xabar qilindi.
Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali markaz binosida joylashgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladi.
Davlat xizmati bola tug‘ilgan joydagi yoki ota-onasidan birining doimiy yashash joyidagi Davlat xizmatlari markazida o‘zi kelgan holda amalga oshiriladi hamda markaz xodimi tomonidan elektron shaklda so‘rovnoma to‘ldiriladi.
So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
- tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma'lumotnoma;
- ota-onalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
- nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma.
Davlat xizmati uchun eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida (30 409 so‘m) gerb yig‘imi undiriladi.
Quyidagilar davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
- so‘rovnomada noto‘g‘ri ma'lumotlar ko‘rsatilishi;
- hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganligi;
- davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun to‘lovni to‘lamaslik.
Markaz xodimi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib 2 soatda tegishli FHDYo bo‘linmalariga taqdim etiladi.
FHDYo bo‘linmalari hujjatlarni olganidan so‘ng 2 ish kunida bolaga nisbatan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini rasmiylashtiradi hamda 1 soatda Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
Mavzuga oid
16:17 / 10.11.2025
Tibbiyot xodimlariga davlat xizmatlari to‘lovi 2 baravar kamayadi
13:54 / 19.09.2025
Yerlardan foydalanish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish takomillashtiriladi
11:07 / 17.09.2025
Aloqa operatorlariga "Yagona portal"dagi pulli davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi
14:50 / 11.09.2025