Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Vaqf” fondi tomonidan Sariosiyo tumanidagi uch mahallaga toza ichimlik suvi tarmog‘ini o‘tkazish ishlari yakuniga yetkazildi
Foto: "Vaqf" fondi
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani Bog‘i Obod, Sebzor va Ehtirom mahallalari aholisiga “Vaqf“ xayriya jamoat fondi tomonidan ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Sakkiz ming nafardan oshiq aholi yashovchi ushbu qishloqlarga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan toza ichimlik suvi tarmog‘ini o‘tkazish ishlari yakuniga yetkazildi. Ushbu ishlarda mahallada yashovchi aholi ham faol ishtirok etdi.
Fond homiyligida ming metrlik quvurlar yetkazib berilib, qazish va montaj ishlari faol tarzda tamomlandi.
Suv inshootining ochilish marosimi Qur'on tilovati bilan boshlanib, ushbu xayrli ishlarda qatnashganlar, homiy tadbirkorlar, homiylik qilgan barchaning haqqiga duo qilindi.
Mavzuga oid
13:39 / 02.11.2025
Surxondaryodagi ayiqlar makoni – Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i | Manzil
14:48 / 23.10.2025
«Darband» postida tirbandlik - rasmiy bayonot berildi
10:49 / 19.10.2025
Navoiyda favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 3 ming dollar pora bilan ushlandi
13:36 / 04.02.2023