Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda zargarlik buyumlari noqonuniy olib kirilishining oldi olindi
Foto: Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga doir bojxona qoidabuzarligi fosh qilindi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
“Shovot” chegara bojxona post orqali qo‘shni davlatdan kirib kelayotgan fuqaro I.M. bojxona nazoratidan o‘tayotganida uning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi”, deyiladi xabarda.
Shundan so‘ng fuqaro belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Natijada, uning qo‘l sumkasi ichki qoplamasi (astari) ostiga tikib yashirib qo‘yilgan, deklaratsiya va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma'lum qilinmagan, og‘irligi 42,30 grammni tashkil etuvchi 14 dona ayollar kumush taqinchoqlarini olib kirishga uringani fosh bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
22:14 / 20.04.2026