Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
60 million so‘m pensiya va nafaqa pullari sayyor kassa avtomashinasidan o‘g‘irlandi
2019 yil 16 fevral kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Saroyqo‘rg‘on mahallasiga tarqatiladigan 1 dona maxsus xaltada joylashtirilgan 60 million so‘m pensiya va nafaqa pullari “Damas” rusumli sayyor kassa avtomashinasidan o‘g‘irlangan.
Samarqand viloyati hokimining telegramdagi kanalida xabar berilishicha, bu haqda AT “Xalq banki” Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba filialida haydovchi bo‘lib ishlovchi fuqaro T.J. Kattaqo‘rg‘on shahar IIBga o‘z arizasida ma'lum qilgan.
Arizada qayd etilishicha bank xodimlari X.Sh., I.A., S.E. hamda Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi B.G‘.lar sayyor kassa avtomashinasida “Saroyqo‘rg‘on”, “Yangiqo‘rg‘oncha” va “Melixo‘ja” mahallalariga pensiya hamda nafaqa pullarini tarqatish uchun yo‘lga chiqishgan. Avtomashinada 3 dona maxsus xaltalarga solingan 116 million so‘m mablag‘ bo‘lgan.
Ular Kattaqo‘rg‘on shahar Bahoriston mahallasi A.Navoiy ko‘chasiga kelishgan vaqtda qo‘riqlash bo‘limi xodimi G‘.B. avtomashinadan tushib qolgan, qolganlar ham ovqatlanish uchun shu yerda joylashgan “Lavash” nomli oshxonaga kirishgan. Ovqatlanib bo‘lgach, Kattaqo‘rg‘on tumani Saroyqo‘rg‘on mahallasi binosiga kelishgan hamda 1 dona maxsus xaltada joylashtirilgan 60 million so‘m pensiya va nafaqa pullari o‘g‘irlab ketilganligini sezishgan.
Kattaqo‘rg‘on shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Sirdaryo viloyatida yashovchi fuqarolar F.S., I.B. va T.O‘. sodir etganligi aniqlangan.
Fuqaro F.S va I.B. ushlagan hamda har biridan 15 million so‘mdan pullar ashyoviy dalil sifatida olingan. F.S. boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Gumon qilinuvchi T.O‘.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026