Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanishiga nisbatan bosqinchilik qilgan shaxs qo‘lga olindi
2019 yil 18 fevral kuni Toshkent viloyati Qibray tumani O‘nqo‘rg‘on mahallasida yashovchi B.H. mahalladoshi J.H. bilan Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida yashovchi B.Ch. ismli tanishining uyiga kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular uy egasi va uning rafiqasi hamda o‘rta maktabda tahsil oluvchi qizini urib, uyidan pullari va 2 dona “Samsung” rusumli mobil telefonlarini olib, voqea joyidan yashiringanlar.
Natijada B.Ch. tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida B.H. va J.H. Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan “Umakay” yo‘l patrul xizmati maskanida qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
14:58 / 12.05.2026