O‘zbekiston | 20:36 / 20.02.2019
18467
7 daqiqa o‘qiladi

Xalq qabulxonalari faoliyati bilan bog‘liq nizomlar tasdiqlandi 

Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, Xalq qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari tuzilmasi tarkibiga kiradi va yuridik shaxs hisoblanmaydi. Xalq qabulxonasi o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lmaydi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda o‘z nomidan boshqa shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishish huquqiga ega emas.

Nizomda belgilanishicha, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni tatbiq etilmaydigan, shu jumladan ko‘rib chiqish tartibi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarni Xalq qabulxonasi ko‘rib chiqmaydi. 

Xalq qabulxonasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o‘rganish orqali muammolarni aniqlash va hal qilish, shuningdek murojaatlar bilan ishlashning samarali tizimi amal qilishini ta'minlash;
  • fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Hukumatga, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlariga, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish;
  • Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning qonun hujjatlari talablariga qat'iy amal qilgan holda, to‘liq, xolis, o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, shuningdek uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o‘rganishda aniqlangan muammolarning hal etilishini tashkil etish va nazorat qilish;
  • uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o‘rganishda aniqlangan muammolar hamda Xalq qabulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalariga kelib tushgan, tegishliligi bo‘yicha davlat organlariga yuborilgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi va hal etilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish;
  • jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida, shu jumladan videokonferensaloqa orqali o‘tkazish;
  • uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o‘rganishda aniqlangan muammolar va murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish;
  • hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar, davlat organlarining uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o‘rganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilish faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish;
  • viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri) miqyosida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan aholi punktlari ro‘yxatini ko‘rib chiqish va kelishib berish;
  • tuman (shahar) Xalq qabulxonalari boshchilik qiladigan sektorlar shtablari a'zolaridan iborat ishchi guruhlarning hududlarni mahallalar va xonadonlar (oilalar) kesimida tahlil qilish, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa (1 yillik) va o‘rta muddatli manzilli tadbirlar rejalarini shakllantirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • qisqa muddatli manzilli tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”) ijrosini nazorat qilish;
  • sektorlar faoliyatini hamda mahallalar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hududiy, tarmoq va davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va ularning ijrosini nazorat qilish;
  • har chorakda sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari majlisida muhokama qilish uchun axborot kiritish, ushbu axborot yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hisobotini eshitishda ishtirok etish;
  • davlat organlarining nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlarini muvofiqlashtirish;
  • davlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • hududlarda murojaatlar bilan ishlash, sayyor shaxsiy va ommaviy qabullar o‘tkazish tizimini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  • jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda hududlardagi ijtimoiy muhitni o‘rganish hamda aholi muammolarini hal qilishda ochiqlik, shaffoflik va xolislikni ta'minlash choralarini ko‘rish;
  • tuman (shahar) Xalq qabulxonalari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish, ularni uslubiy va axborot-tahliliy materiallari bilan, shuningdek hududiy davlat organlari bilan hamkorligini ta'minlash.

Nizomda belgilanishicha, Xalq qabulxonasi quyidagilarga majburdir:

  • uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o‘rganishda bevosita ishtirok etish;
  • sektorlar faoliyati, uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o‘rganish natijalari, tegishli hududdagi aholi kayfiyati to‘g‘risida har chorakda kamida bir marta Bo‘linmalarga axborot kiritish;
  • uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o‘rganish natijalari, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tahlil qilish asosida qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda ularni muntazam ravishda Bo‘linmalarga kiritib borish;
  • o‘z faoliyatida qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadigan lokal hujjatlar talablari va qoidalariga qat'iy amal qilish;
  • mavjud axborot tizimlaridan samarali foydalanish, o‘z dasturiy-apparat vositalarining uzluksiz ishlashini ta'minlash hamda axborot xavfsizligi talablariga rioya etish;
  • belgilangan tartibda sektorlar va davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish.

Xalq qabulxonasida murojaatlar og‘zaki, yozma va elektron shaklda shaxsan yoki pochta aloqa vositasi orqali qabul qilinadi.

Mavzuga oid