Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Atletiko» prezidenti: «Ronaldu Chempionlar Ligasida 5 marta emas, 3 marta g‘olib bo‘lgan»
«Atletiko» prezidenti Enrike Sereso «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning xatti-harakatlariga izoh berdi.
Futbolchi Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan va jamoasining 0:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan tugagan o‘yinda muxlislarga qarata 5ta barmog‘ini ko‘rsatgan va bu bilan shuncha marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongani, «Atletiko» esa bir marta ham yutuqqa erishmaganiga shama qilgan edi.
«Men uchun Ronaldu Chempionlar Ligasida 5 marta emas, 3 marta zafar quchgan. «Atletiko»ga qarshi o‘tkazilgan bahslarda u g‘alaba qozonmagan. Nega? Bu haqda keyinroq gaplashamiz», - deb Sereso so‘zlarini keltirmoqda Radio CRC.
Qayd qilish joizki, Ronaldu o‘yindan keyin jurnalistlarga ham bu ishoralarini ko‘rsatib: «Men 5 marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondim, «Atletiko» esa - nol» - degan edi.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025