Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dehli shahri Jome masjidi bosh imomi ajdodlari vatani O‘zbekiston ekanini ma'lum qildi
Buxoro shahrida bo‘lib o‘tayotgan I Xalqaro Ziyorat turizmi forumida musulmon olamining yetakchi olimlari va ulamolari bilan bir qatorda Dehli shahri Jome masjidining bosh imomi, naqshbandiya tariqati namoyondalaridan biri Said Ahmad Buxoriy rahbarligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda. Delegatsiyadan shuningdek yetakchi islomshunos olimlar, jurnalistlar, hamda ziyorat turizmiga ixtisoslashgan sayyohlik kompaniyalari vakillari o‘rin olgan.
Hindistondagi O‘zbekiston elchixonasidan ma'lum qilinishicha, Said Ahmad Buxoriyning asli kelib chiqishi Buxoroga borib taqaladi. Mashhur boburiylar sulolasi vakili Shohjahon bo‘yrug‘iga asosan 1656 yilda qurib bitkazilgan Dehli Jome masjidiga o‘sha vaqtda Buxoroi sharifdan Abdul G‘affor Buxoriy bosh imomlikka taklif etilgan. Bir necha asrlar davomida mazkur sulola avlodlari masjidga imomlik qilib kelishadi.
Said Ahmad Buxoriy o‘z ajdodlarining yurti - Buxoroda bo‘lib o‘tajak ziyorat turizmi forumida ishtirokidan benihoya mamnun ekanini aytdi.
"O‘zbekiston tuprog‘i muqaddas qadamjolarga boy, fayzli va nurli tuproq. Mamlakatning tarixiy-madaniy obidalari, ma'naviy merosi dunyo tamadduni uchun ham katta ahamiyatga ega. O‘zbekistonda ularni asrab avaylash, xalqaro ommaga keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar respublikaga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimini yanada kengaytirishi shubhasiz", - deydi u.
Hindiston vakillari Ziyorat forumida ishtirok etish bilan birga, O‘zbekistondagi muqaddas qadamjolarini ziyorat qilish, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazish va hamkorlik masalalarini muhokama qilishni rejalashtirishgan.
Mavzuga oid
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
21:23 / 28.01.2026
Nipah virusi Osiyo mamlakatlarini Hindistondan kelayotgan yo‘lovchilarni tekshirishga majbur qildi
07:23 / 28.01.2026
Infografika: 2026 yilda G20'da eng tez o‘sish Hindistonda
09:43 / 27.01.2026