«Snos»dan qanday himoyalanish kerak: Toshkent hokimligi buzish ishlarini tartibga soluvchi normalarni e'lon qildi
Toshkent hokimligi turar joy buzilishi tartibi va bu masala bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini e'lon qildi.
«Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi aholi bilan olib borilgan ochiq muloqoti davomida «aholi roziligisiz hech bir uy buzilmaydi», deb ta'kidladi. Bu holat ba'zi ijtimoiy tarmoqlar tomonidan tuman aholisining ayrim qismida uyg‘otilgan sarosima va norozilik holatlariga barham berdi. Shahar hokimining aytgan so‘zlari nafaqat Mirzo Ulug‘bek tumaniga, balki poytaxtimizdagi barcha hududlarga ham tegishlidir», - deyiladi xabarda.
Aholi roziligisiz hech bir uy buzilmasligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi PF-5495-sonli farmonida aniq belgilab qo‘yilgan.
Hujjatda shunday deyiladi: «…Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan turar joy va ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga ko‘chmas mulkning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan keyin ruxsat beriladi».
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi 97-sonli qarorida ham mazkur masala yuzasidan alohida Nizom tasdiqlangan.
Bundan tashqari, «O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy Kodeksi»ning 27-moddasida ham bu borada aniq normalar o‘rnatilgan.
Shu qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yildagi 15 avgustdagi «Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5511 farmoni bilan investorlar uchun Toshkent shahrida investitsion loyiha amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish tartiblari belgilangan.
«Hurmatli hamshaharlar, Toshkent shahar hokimligi sizning qonun va qonunosti hujjatlarida belgilangan huquqlaringiz buzilmasligi yo‘lida barcha choralarni ko‘radi», - deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024