O‘zbekiston | 22:57 / 21.02.2019
7392
2 daqiqa o‘qiladi

“UnitedBanks” kompaniyasi asoschisi va boshqaruvchisi Viktor Valdemarovich Nasochevskiy Mikrokreditbank boshqaruvi raisi maslahatchisi etib tayinlandi

Foto: Mikrokreditbank

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 noyabrda tijorat banklari faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan Rossiyalik mutaxassis “UnitedBanks” kompaniyasi asoschisi va boshqaruvchisi Viktor Valdemarovich Nasochevskiy bilan shartnoma imzolandi.

Ushbu shartnomaga muvofiq, V.Nasochevskiy “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, bank operatsion faoliyatini reinjyeniring qilish orqali xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, bankning xalqaro hamkorligini takomillashtirish, bankning amaldagi investitsion siyosatini takomillashtirish hamda kredit portfelini diversifikatsiya qilishyuzasidan taklif, tavsiya va mulohazalar berish borasidaBoshqaruv raisi maslahatchisi sifatida faoliyat yuritadi.

Foto: Mikrokreditbank

Ma'lumot o‘rnida, V.Nasochevskiy Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk shahrida tug‘ilgan. 1993 yildan buyon bank axborot texnologiyalari va to‘lov tizimi sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, “DIReKT 24”, “SMARTI” va “RAPIDA” to‘lov tizimlarining asoschisi hisoblanadi.

Mavzuga oid