Jamiyat | 11:56 / 22.02.2019
10931
1 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

2019 yil 19 fevral kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimi o‘z boshlig‘iga murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

U Bomraxa mahallasida yashovchi A.B.ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borayotgan vaqtida A.B. xodimga ishni ijobiy hal qilib berishni so‘rab, evaziga 400 AQSh dollari taklif qilayotganligini ma'lum qilgan.

Ushbu bildirgi yuzasidan 19 fevral kuni Namangan viloyati ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir natijasida A.B. xodimga xizmat xonasida 400 AQSh dollarini berayotgan vaqtida qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid