Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Tramp bilan uchrashuvga jo‘nab ketdi
Foto: KCNA via REUTERS
KXDR yetakchisi Kim Chen In Pxenyan temir yo‘l vokzalidan Xanoyga o‘z zirhli poyezdida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan rejalashtirilayotgan uchrashuv uchun jo‘nab ketdi. Bu haqda TASS o‘z nomini oshkor qilmagan diplomatik manbaga tayangan holda xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mahalliy vaqt bilan soat 17:00 (Toshkent vaqti bilan 13:00)da sodir bo‘lgan.
«Kutilishicha, KXDR yetakchisi Vetnam poytaxtigacha bo‘lgan barcha yo‘lni Xitoy orqali tranzit bilan temir yo‘ldan amalga oshiradi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan agentlik suhbatdoshi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampni Vetnamda KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuv vaqtida Amerika maxfiy xizmatining 200dan ortiq xodimi qo‘riqlashi xabar qilingandi.
Tramp va Kim Chen In uchrashuvi 27-28 fevral kunlari Vetnamning Xanoy shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ta'kidlanishicha, tadbir Xanoy markazidagi hukumat mehmon uyida o‘tkazilishi kerak.
Mavzuga oid
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:43 / 30.01.2026
Kim Chen In KXDRni “o‘zgartirish”ga va’da berdi
11:34 / 29.12.2025