30 avgust kuni Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida Osiyo futboli va Ispaniyaning «Barselona» klubi afsonalari örtasida örtoqlik öyini ötkaziladi.

Osiyo jamoasi tarkibida özbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov iştirok etadi. Öyinni özbekistonlik sobiq hakam Ravşan Ermatov boşqaradi.

«Barcelona» tarkibida darvozabon Albert Xorker, himoyaçilar Karles Puyol, Juliano Beletti, Edgar Davids, Françesko Koko, yarimhimoyaçilar Lyudovik Jyuli, Ronald de Bur, Ronaldino, Rivaldo, hujumçi Xaver Saviola va yana bir futbolçi iştirok etadi.

Osiyo afsonalari jamoasi tarkibida qozoğistonlik markaziy himoyaçi Samat Smakov, xitoylik himoyaçi Fan Çjii, qirğizistonlik himoyaçi Ruslan Sidiqov, turkmanistonlik Amandurdi Annadurdiyev, yaponiyalik yarimhimoyaçi Xidetoşi Nakata, tojikistonlik Muxsin Muhamadiyev, rossiyalik yarimhimoyaçi Andrey Kançelskis, özbekistonlik yarimhimoyaçi Mirjalol Qosimov, qozoğistonlik yarimhimoyaçi Andrey Karpoviç, qirğizistonlik hujumçi Xurşit Lutfullayev iştirok etadi.

Şu bilan birga, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov ham maydonga tuşişi rejalaştirilgan.

Öyin boş hakami - Ravşan Ermatov. Unga qanotlarda Bahodir Qöçqorov va Abduhamidullo Rasulov yordam beradi.