O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara masalasida muzokaralar o‘tkazdi
2019 yilning 17-22 fevral kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumat delegatsiyalarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida davlatlar o‘rtasidagi chegarani demarkatsiya qilishning yakuniy hujjatlarini tayyorlash davom ettirilgan.
Muzokaralar ikki davlat uchun an'anaviy bo‘lgan do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, yig‘ilish yakunida tegishli Bayonnoma imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 27 yanvaridan 1 fevraliga qadar Toshkent shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara masalasida muzokaralar o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024