Parij Malida «Al-Qoida» rahbarlaridan biri yo‘q qilinganini xabar berdi
Fransiya Mudofaa vazirligi Malida «Al-Qoida» terrorchilik tarmog‘i rahbarlaridan biri yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Yahyo Abu Hamam va mamlakat markaziy qismidagi Timbuktu shahridan shimolga qarab harakatlangan avtokolonna tarkibida bo‘lgan boshqa o‘n nafar terrorchi Fransiya harbiy xizmatchilari tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda mahkama Parijda juma, 22 fevral kuni xabar tarqatdi.
Deutsche Welle’ning qayd etishicha, Fransiya harbiy-havo kuchlari va yer usti bo‘linmalari xodimlari amaliyotda ishtirok etishdi, harbiy vertolyotlar hamda dronlar jalb qilindi.
Jazoirlik terrorchi Afrika shimoli va g‘arbida g‘arb davlatlari fuqarolari o‘g‘irlangani hamda o‘ldirilgani uchun mas'uldir. Xususan, u 2009 yilda AQSh fuqarosining umriga zomin bo‘lgan. Xuddi shu yili Al-Hamam Fransiyaning Mavritaniyadagi elchixonasiga qilingan hujumda ishtirok etgan, deyiladi bayonotda.
Fransiya mahkamasi uni bir necha hujumlarning «boshi va moliyachisi», deb atadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Al-Hamam «Al-Qoida» tarkibida Emirat Sahara guruhini boshqargan, shuningdek, boshqa radikal guruhda rahbar o‘rinbosari bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:20 / 15.10.2024
Kiyev Malidagi isyonchilarga UUA yetkazib berilgani haqidagi ma’lumotni rad etdi
16:52 / 28.08.2024
Burkina-Fasoda harbiylar uchun xandaq qaziyotgan odamlarga hujum qilindi
07:51 / 06.08.2024
Kiyev: Malining diplomatik munosabatlarni uzish haqidagi qarori - shoshqaloqlik
14:37 / 05.08.2024