Malida qurollangan isyonçilar Rossiya mudofaa vazirligining «Afrika korpusi»ga tegişli vertolyotni urib tuşirgan. Bu haqda dastlab 26 aprel kuni Fighterbomber kanali xabar xabar berdi, keyinroq bu ma’lumotni boşqa harbiylaşgan pabliklar ham tarqatdi.
Xabarda vertolyotga zenit-raketa kompleksi orqali zarba berilgani qayd etilgan.
«Ekipaj va bortda bölgan mobil öt oçiş guruhi halok bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, hodisaga taşqaridan zarba berilişi sabab bölgan», – deyiladi Fighterbomber xabarida.
Vertolyot turi va qurbonlar soni aniqlaştirilmoqda. RF mudofaa vazirligi va Rossiya taşqi işlar vazirligi vertolyot halokati yuzasidan munosabat bildirmadi.
Malida 2021 yilgi davlat töntarişi orqali hokimiyatga kelgan harbiylar bir neça yildan buyon mamlakat şimolida öz mustaqil davlatini tuzişni maqsad qilgan isyonçi tuareglar bilan qurolli kuraş olib boradi.
RF mudofaa vazirligining «Afrika korpusi» 2024 yilda Maliga yuborilgan, uşbu tuzilma u yerda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi örnini egallagan. Rossiyaliklar harbiy xunta tomonida turib jang qiladi.
25 aprel kuni tuareglar va «Al-Qoida» ta’siridagi boşqa guruhlar mamlakatning bir neça şahrigadagi pozitsiyalarga, jumladan, poytaxt Bamakoga muvofiqlaştirilgan hujumlar seriyasini amalga oşirgan. Rasmiy hukumat hujum qaytarilgani va «yuzlab» jangarilar öldirilgani töğrisida xabar bergan.








