Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShning BMTdagi vakili lavozimiga Kanadadagi elchini ilgari surdi
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga mamlakatning Kanadadagi elchisi Kelli Nayt Kraftni ilgari surdi. Bu haqda Trampning o‘zi tvitterda ma'lum qilgan.
“Kelli millatimizni bildirib, ulkan ish qildi va shubha qilmayman, uning rahbarligida davlatimiz eng oliy darajada taqdim qilinadi. Kelli va uning oilasini tabriklayman”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Tramp prezidentligi vaqtida AQShning BMTdagi vakili lavozimini Janubiy Karolina shtatining sobiq gubernatori Nikki Xeyli egallab kelayotgandi. Uning 2018 yil oxiridagi iste'fosidan keyin Tramp bu lavozimga davlat departamenti matbuot kotibi va sobiq teleboshlovchi Xizer Nauertni tayinlamoqchi bo‘lgan, biroq Nauert bu taklifga rad javobini bergan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, bu Nauert farzandlarining enagasi noqonuniy maqomga ega bo‘lishi bilan bog‘langan bo‘lishi ham mumkin.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026