Iqtisodiyot | 19:00 / 25.02.2019
11649
1 daqiqa o‘qiladi

«Asaka» bankning yangi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Hukumat qarori bilan Sur'at O‘tkurovich Zakirov «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shuningdek, Abbosxon Maxamat o‘g‘li Maxamatov hamda Boboxon Rustamovich Abdullayev «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining o‘rinbosarlari etib tayinlangan.

«Asaka» bank rahbari fevral oyi boshida o‘zgargandi, 1 fevraldan Nodirbek Narzullayevich Saydullayev 2017 yilning aprelidan buyon bankni boshqarib kelgan Qahramon Qodirovich Mullajonov o‘rnida ish boshladi

Mavzuga oid