Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boliviya prezidenti AQSh Maduroga suiqasd tayyorlayotganini aytdi
AQSh senatori Mark Rubio va davlat kotibi Mayk Pompeo Venesuela prezidenti Nikolas Maduro o‘ldirilishi mumkinligini ochiqchasiga gapirishmoqda. Bu haqda Boliviya prezidenti Evo Morales aytib o‘tdi.
Moralesning ta'kidlashicha, AQSh Venesuelaning tabiiy zaxiralarini egallab olmoqchi va buning uchun hokimiyatni har qanday yo‘l bilan qo‘porib tashlashga harakat qiladi.
Boliviya yetakchisining aytishicha, Vashington Venesuelada “tinch yo‘l” bilan to‘ntaruvni amalga oshira olmagandan keyin keskin choralarga borishga tayyor va shu sababli Maduro o‘ldiriladigan bo‘lsa barcha javobgarlik AQSh zimmasida bo‘ladi.
“Pompeo nima demoqda? U “Maduroning kuni bitdi” demoqda. Kecha bir amerikalik senator esa “Maduro o‘ldirilishi kerak edi” dedi. Agar Maduro bilan biror kor-hol yuz bersa, bunga AQSh, Pompeo va bu senator Rubio javobgar bo‘ladi”, deb aytgan Morales.
Avvalroq Pompeo Vashington Venesueladagi vaziyatga ta'sir qilishning barcha variantlarini ko‘rib chiqayotgani va jumladan, harbiy operatsiya o‘tkazilishi mumkinligini aytgan.
Mavzuga oid
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026