Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston - Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 2019 yilning 26 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov boshchiligidagi delegatsiya Ostona shahrida vazirliklararo O‘zbekiston - Qozog‘iston maslahatlashuvlarining navbatdagi raundida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara masalasida muzokaralar o‘tkazgandi.
2019 yilning 17-22 fevral kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumat delegatsiyalarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida davlatlar o‘rtasidagi chegarani demarkatsiya qilishning yakuniy hujjatlarini tayyorlash davom ettirilgan.
Mavzuga oid
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
17:50 / 27.01.2026
O‘zbekiston Rossiyadagi reydlarda o‘z fuqarolarining huquqlari ta’minlanishini so‘radi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025