Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va AQSh Afg‘oniston o‘z muammolarini o‘zi hal qilishi kerakligiga kelishib oldi
Rossiya va AQSh o‘zaro muzokaralarda Afg‘oniston muammosini afg‘onlarning o‘zlari hal qilishi kerakligiga kelishib oldi, Moskva va Vashington bu jarayonni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma'lum qildi.
"Eng asosiy narsa haqida kelishib oldik - Rossiya va Amerika qanchalik buyuk bo‘lmasin, afg‘onlarga qaror chiqarishni, retseptni biz bermaymiz”, dedi u.
Kabulovning aytishicha, tinchlik o‘rnatish masalasida afg‘onistonliklarga keng ma'nodagi imkoniyat beriladi.
"Bu Afg‘oniston hukumatigina emas, u mazkur jarayonning bir qismi hisoblanadi, barcha afg‘onlar, toliblar ham ishtirok etadi. Biz esa tashqi ishtirokchilar sifatida bu jarayonni qo‘llab-quvvatlaymiz”, dedi u.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
20:36 / 09.07.2026
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
18:02 / 09.07.2026