Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hukumat o‘z ishini qilishi va xalqni och qoldirmasligi kerak». BMT KXDRga maslahat berdi
Germaniyaning BMTdagi doimiy vakili Kristof Xoysgen tashkilot Xavfsizlik kengashida Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish masalasi muhokama qilingani haqida ma'lumot berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya o‘zining yadroviy dasturini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Xoysgenning ta'kidlashicha, rasmiylar buning o‘rniga mamlakat aholisi ehtiyoji uchun pul sarflashlari kerak.
«Hukumat o‘z vazifalarini bajarishi va xalqni och qoldirmasligi kerak», - dedi Xoysgen.
Uning qo‘shimcha qilishicha, KXDR mamlakatga nisbatan joriy etilgan sanksiya cheklovlarini chetlab o‘tishga harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp KXDR yetakchisi bo‘yicha bayonot bergani, Vetnamdan Kim Chen Inga o‘xshash shaxs chiqarib yuborilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026