Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp KXDR yetakchisi bo‘yicha bayonot berdi, Vetnamdan Kim Chen Inga o‘xshash shaxs chiqarib yuborildi
Foto: REUTERS/Jonathan Ernst
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qilishicha, KXDR rahbari Kim Chen In bilan Xanoyda ikki yetakchining sammitida «yuzma-yuz» gaplashish niyatida. Bu haqda Oq uy saytida xabar berilgan.
Trampning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreyada yadro va raketa sinovlari o‘tkazilmayotganidan «baxtli».
«Biz yuzma-yuz gaplashamiz, bunga ishonchim komil. Nima bo‘lishini men sizga aytolmayman...» - deya ma'lum qildi Tramp.
Amerika yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, Kim Chen In bilan «juda yaxshi munosabatlar» va «alohida aloqalarga ega».
Donald Tramp va Kim Chen In Xanoydagi uchrashuvda Koreya urushini tugatishga kelishib olishi mumkin. Bu haqda «Ryonxap» xabar tarqatdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, gap Koreya urushini rasmiy ravishda tugatadigan tinchlik bitimi haqida ketmoqda.
Qayd etilishicha, bu haqda Janubiy Koreya prezidentining rasmiy vakili Kim Iy Gem ma'lum qilgan.
Shuningdek, Reuters xabarida aytilishicha, o‘zini Govard X deb tanishtirgan, Kim Chen Inga o‘xshash bo‘lgan avstraliyalik shaxs Vetnamdan AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilari sammiti boshlanishidan bir kun oldin chiqarib yuborilgan.
Ushbu shaxsning so‘zlariga ko‘ra, uni mamlakatdan chiqarib yuborishdan oldin Vetnam hukumati biroz muddatga ushlab turgan.
«Shimoliy Koreyaliklar hazilni tushunishmaydi. Satira - har qanday diktaturaga qarshi kuchli qurol», - dedi Govard X.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Vetnamga safari davomida «Yirtqich»da harakatlanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:08 / 04.11.2025
KXDR sobiq rasmiy rahbari Kim Yon Nam 97 yoshida vafot etdi
15:01 / 11.10.2025
KXDR yangi gipertovushli qurolni namoyish etdi
22:32 / 22.09.2025
Janubiy koreyalik ekspertlar KXDR yangi «maxfiy quroli» haqida bilib oldi
15:45 / 22.09.2025