Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koson: Usmonxon Alimov Abdurahmon Xalifa masjidiga tamal toshini qo‘ydi
Qashqadaryo viloyati Koson tumani Po‘lati shaharchasida XVII-XVIII asrlarda yashab o‘tgan Abdurahmon Xalifa masjidini qayta ta'mirlash, yangi masjid barpo etish ishlari olib boshlab yuborildi. Kun.uz muxbiri shu haqida xabar berdi.

Yangi masjidni barpo etish jarayoniga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratlari Usmonxon Alimov tashrif buyurdi hamda bir vaqtning o‘zida ming kishi namoz o‘qiy oladigan masjidning qurilishiga tamal toshini qo‘ydi.

Ta'kidlash joizki, Po‘lati shaharchasida barpo etilayotgan mazkur masjid azaldan faoliyat ko‘rsatib kelgan. Endi u qayta tamirlanib, yanada kengaytirilmoqda.

Usmonxon Alimov ushbu masjid xalqning ko‘magi hamda hashar yo‘li bilan bunyod etilayotganini alohida e'tirof etib, ezgu maqsadga bosh qo‘shganlarning barchasiga tashakkur bildirib, duoga qo‘l ochdi.
Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
13:20 / 15.05.2026
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:17 / 25.03.2026