JARda uchuvchi soxta litsenziya bilan 20 yil ishlagani fosh bo‘ldi
JARning South African Airways aviakompaniyasida 20 yil ishlagan katta uchuvchi Uilyam Chendler shu vaqt davomida soxta litsenziya bilan ishlagani ma'lum bo‘lgandan keyin ishdan bo‘shashiga to‘g‘ri keldi. Mail & Guardian nashrining yozishicha, litsenziyaning soxtaligini 2018 yil noyabrda Shveytsariya osmonida yuz bergan voqeadan keyin aniqlashga muvaffaq bo‘lingan.
“Samolyot bir nechta g‘alati harakat qilgan, buni hech kim, hattoki ekipaj a'zolari ham tushunmagan”, deb ma'lum qilgan aviakompaniya vakili. Noodatiy voqea rahbariyatni ichki tergov o‘tkazishga majbur qilgan, uning davomida voqea vaqtida samolyotni boshqargan Chendlerning litsenziyasi haqiqiyligi borasida shubha tug‘ilgan. Uchuvchi tergovning yakunlanishini kutib o‘tirmay, ishdan bo‘shashga qaror qilgan.
JARda fuqarolik aviatsiyasida ishlash eng yuqori haq to‘lanuvchi ishlardan biri hisoblanadi. Misol uchun, eng past sinfdagi uchuvchi oyiga 900 ming rand (64 ming dollar) oladi, kapitanning maoshi esa 6 mln randgacha (482 ming dollar) yetishi mumkin. Ammo yo‘lovchi samolyotlarini boshqarish uchun kompaniyaga ishga kirgandan keyin 5 yil ichida nazariya bo‘yicha imtihon topshirib, tibbiy ko‘rikdan o‘tib va 1,5 ming soat uchib uchuvchining maxsus litsenziyasini olish kerak. Bunday litsenziya esa 150 ming rand (10,7 ming dollar) turadi.
Ta'kidlanishicha, Chendlerning u bilan birga 1994 yilda kompaniyaga ishga kirgan hamkasblari 10 yildan beri parvozlarga sardorlik qilishadi, biroq Chendler ko‘tarilmay, katta uchuvchi bo‘lib ishlashda davom etgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, u o‘z litsenziyasini tasdiqlashiga to‘g‘ri kelishi sababli ko‘tarilishdan ataylab bosh tortgan.
Mavzuga oid
11:30 / 19.10.2024
JAR Isroilga qarshi genotsid bo‘yicha ishni oxirigacha yetkazishga qaror qildi
23:06 / 09.10.2024
Turkish Airlines uchuvchisi parvoz vaqtida vafot etdi
14:40 / 05.08.2024
JARda 90 nafar efiopiyalik migrant odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan ozod qilindi
17:24 / 07.07.2024