Jahon | 21:25 / 02.03.2019
5270
2 daqiqa o‘qiladi

Keniyada 7 kishi o‘zini prezident qilib ko‘rsatishda ayblandi

Keniya sudi 7 kishini qalloblikda va o‘zini mamlakat prezidenti Uxuru Kenyatu qilib ko‘rsatishda aybladi. Ayblanuvchilar shu yo‘l bilan taniqli tadbirkordan 100 ming dollar olishga muvaffaq bo‘lishgan. 

Deutsche Welle Swahili axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar Sameer Africa kompaniyasi rahbari Naushadu Meralini va uning moliyaviy direktori Akif Battni go‘yoki ularga yer maydonlari sotmoqchi bo‘layotgan Keniya prezidenti qilib ko‘rsatishgan. 

Ayblanuvchilarning aytishicha, sud ularni aybdor deb topmay, keyingi sud jarayonigacha garov puli evaziga ozod qilgan.

Keniya politsiyasining ma'lum qilishicha, guruhdan bir kishi telefon orqali prezident ovozi bilan gapirgan, qolgan 6 ayblanuvchi esa qimmatbaho mashinalarda va kostyumlarda belgilangan joyga pullarni olgani kelishlari kerak bo‘lgan.  

Sud hujjatlariga ko‘ra, kompaniya rahbari mamlakat prezidenti bilan gaplashayotganiga ishonib, o‘zining moliyaviy direktoriga so‘ralgan pullarni berib yuborishni buyurgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid