2019 yildagi mobil trendlar: buklama smartfonlar, 5G va osiyocha yurish
Barselonada Mobile World Congress — telekommunikatsiya va gadjetlar olamining asosiy voqeasi yakuniga yetdi. Unda sun'iy idrok, bulutli texnologiyalar, «aqlli» uylar uchun qurilmalar, haydovchisiz transport va uchar taksi kabi kelajak texnologiyalari namoyish etildi. Ishlab chiqaruvchilar 5G tufayli bularning bari tez kunlarda paydo bo‘lishiga va'da berishdi.
5G barchasini o‘zgartiradi
5G — butun ko‘rgazma bag‘ishlangan asosiy trend bo‘ldi. Agarda avvallari mazkur yangi tarmoq shunchaki nazariya bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ishlab chiqaruvchilar uning amalda qanday ishlashini ko‘rsatishga urinishmoqda.
Ko‘rgazmada Huawei, Samsung, ZTE, Xiaomi 5G tarmog‘ida ishlovchi hech bo‘lmaganda bittadan qurilmalarini namoyish etishdi. Britaniyaning EE, Amerikaning AT&T, Verizon va Janubiy Koreyaning LG Plus kompaniyalari o‘z sinov tarmoqlariga ega.
5G tarmoqlari nafaqat iste'molchilarga qulay bo‘lishi uchun, balki bo‘lajak texnologik taraqqiyot uchun ham zarur. Huawei ekspertlaridan biri 5G’ni barcha narsa ishlaydigan yangi elektr deb atadi.
Buklama smartfonlar juda qimmat bo‘ladi
Ko‘rgazmada namoyish etilgan eng ziddiyatli «yutuq» esa egiluvchan ekranli buklama smartfonlar bo‘ldi. Bunday smartfonlar uchta bo‘ldi — Royole FlexPai (narxi 1300 dollar atrofida), Huawei Mate X (2600 dollardan boshlab) va Samsung Galaxy Fold (1980 dollar). Baland narxidan tashqari, ulardagi cheklangan xususiyatlar ham kishini xursand qilmaydi. Royole bor-yo‘g‘i 200 marta buklanib-ochilishi mumkin, uning demo-namunasida esa ekran to‘liq ekranli rejimdan buklangan rejimga o‘tishga ulgurmaydi va qotib qoladi. Qolgan ikki qurilmani ishlatib ko‘rganlar esa juda oz va hozircha ular haqida xulosa chiqarishga erta. Ammo qayd etish joiz, texnologik xususiyatlar jihatidan Huawei Mate X Galaxy Fold va boshqa raqobatchilarini ortda qoldirdi.
Osiyo dunyoni zabt etmoqda
Barcha taqdimot va ko‘rgazmalar aslida bir muhim narsani namoyish etdi: AQSh texnologiya olamida yetakchilikni boy berdi va Osiyo barcha yo‘nalishlar bo‘yicha marrani zabt etmoqda. Huawei, Samsung, Xiaomi va ZTE smartfonlari ko‘rgazmaning asosiy bezagiga aylandi. Faqatgina smartfonlar foydalanadigan Qualcomm Snapdragon 855 protsessori AQShniki bo‘ldi. Buning ustiga, 5G uchun Huawei Balong 5000 chipseti mavjud bo‘lib, u eng so‘nggi mobil tarmoqlar talabiga javob beradigan yagona chipset hisoblanadi.
Virtual voqelik hayotdan yanada chuqur joy oladi
Virtual voqelik (VR) namunalari deyarli har bir stendda namoyish etildi, virtual voqelik shlyomi yoki ko‘zoynagini taqqanlar soni esa yuzlab kishidan oshib ketdi. Kelgusida 5G tufayli biz virtual voqelikni ko‘zoynaksiz ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Bunday texnologiyani Huawei namoyish etdi: qurilma tomoshabinning ikkita kameraga qaratilgan nigohini «tutib oladi» va tasvirni inson ko‘zi hajmli tarzda qabul qilishi uchun «taxlaydi».
Albatta, bular hozircha amaliyotga joriy etilmadi. Lekin ishlab chiqaruvchilar erta-indin ularni iste'molchilar foydalanishi uchun taqdim etadi.
Mavzuga oid
12:58
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
14:35 / 09.10.2024
Eksperiment: Ma’ruzada smartfonlardan qisqa muddat foydalanish talabalarga diqqatni jamlashga yordam berishi mumkin
12:24 / 06.09.2024
Smartfonlar miya saratoniga sabab bo‘lishi haqidagi fikrlar asossiz deb topildi
15:18 / 22.04.2024