Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Janubiy Koreya birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlarni to‘xtatishga kelishib oldi
Foto: U.S. Navy photo / Petty Officer 3rd Class Nathan Burke
AQSh va Janubiy Koreya muntazam o‘tkaziluvchi ikkita harbiy mashg‘ulotni to‘xtatishga kelishib oldi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan va uning koreyalik hamkasbi Chon Gyon Duning telefon suhbati natijalariga ko‘ra Pentagon ma'lum qildi.
Natijada ikki tomon Key Resolve va Foal Eagle mashg‘ulotlarini tugatishga qaror qilgan.
Ushbu qaror joriy haftada Xanoyda o‘tgan AQSh-Shimoliy Koreya sammiti ortida qabul qilindi. Pentagonning ta'kidlashicha, Shanaxan va Chon Gyon Du sammitni va “Koreya yarimorolini yadroviysizlash va tinchlikka erishish bo‘yicha choralarni yanada muvofiqlashtirish hamda qurolli kuchlar jangovarligini qo‘llab-quvvatlash”ni muhokama qilishgan.
Mashg‘ulotlar bekor qilinganiga qaramay, Pentagon va Janubiy Koreya mudofaa vazirligi o‘z kuchlari jangovarligi va ularning istalgan chaqiriqlarga javob berishga qodirligini qo‘llab-quvvatlashga o‘zaro va'da berishgan.
AQSh va Janubiy Koreyaning keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlari Koreya yarimorolidagi qarama-qarshilikni keskinlashtiruvchi asosiy omillardan biri bo‘lgan va ularni mintaqada tinchlikka ko‘mak bermasligini ta'kidlab kelgan Shimoliy Koreya, Rossiya va Xitoyning salbiy munosabatiga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:57
Tramp amerikaliklarning iqtisodiy qiyinchiliklari uni Eron bilan kelishuvga undamasligini aytdi
10:52
Trampning Eronga qarshi urushi AQSh iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilyapti?
09:07
Donbass masalasi bo‘yicha Trampning bayonoti e’lon qilindi
09:01