Jahon | 08:41 / 05.03.2019
10799
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Turkiya va Hindistonni savdo imtiyozlaridan mahrum qilish istagini bildirdi

Foto: Yuri Gripas / Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya va Hindiston bilan imtiyozli savdo tartibini bekor qilmoqchi. U bu haqda kongressni xabardor qilgan.

“Narx imtiyozlari tizimiga (GSP) muvofiq Turkiyani savdo imtiyozlari oluvchi rivojlanayotgan davlat sifatidagi maqomini bekor qilmoqchiligimni ma'lum qilaman”, deb aytilgan Trampning kongressga yo‘llagan maktubida. 

Trampning aytishicha, oxirgi 45 yil ichida Turkiya GSP doirasida imtiyozlar olib keladi. Uning iqtisodiyoti bu vaqt ichida kuchli o‘sgan, aholisi daromadlari darajasi oshgan, nochorlik darajasi pasaygan, eksportning ham davlatlar, ham iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha xilma-xilligi ko‘paygan.  

Shuningdek, Tramp GSP doirasida Hindiston bilan ham imtiyozlarni bekor qilmoqchi.

“Men bu qarorni AQSh va Hindiston o‘rtasidagi faol muloqotdan so‘ng Hindiston AQShga Amerika kompaniyalariga hind bozoriga teng kirish huquqini taqdim qilish kafolatini bermagandan keyin qabul qilmoqdaman”, deb ma'lum qilgan Tramp.

Trampning bu qarorlari Turkiya va Hindiston tovarlarining AQShga eksportini qiyinlashtirishi mumkin. 

Jahon savdo tashkiloti doirasida amal qiluvchi narx imtiyozlari tizimi rivojlanayotgan davlatlar uchun bir tomonlama savdo imtiyozlari berilishini ko‘zda tutadi.

Mavzuga oid