Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi O‘zbekistonga keldi
Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hamidulla Muhib boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik jarayonini boshlash bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi hamda mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashilgan.
Vazir Afg‘oniston mamlakat tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolayotganini va O‘zbekiston uning iqtisodiy infratuzilmasini qayta tiklashda bundan keyin ham har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi.
Maslahatchi Hamidulla Muhib Afg‘oniston va uning xalqi uchun transport, energetika, va yoshlar uchun ta'lim sohalaridagi strategik ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekiston tomonining ishtirok etishi Afg‘onistonda barqarorlikka erishish, uni mintaqaviy iqtisodiy uyg‘unlashuvga jalb qilishning tarkibiy qismi va muhim sharti ekanligini qayd etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Afg‘oniston kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Mavzuga oid
18:35 / 18.01.2026
«Tolibon» elitasidagi bo‘linish: jurnalistlar internet masalasidagi manfaatlar to‘qnashuvini ochib berdi
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
08:55 / 30.12.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna gumanitar yordam yetkazdi
21:38 / 27.12.2025