Janubiy Koreya 6 kundan beri smog bilan qoplangan, favqulodda choralar ko‘rilmoqda
Janubiy Koreyaning katta qismi hozirda smog bilan qoplangan bo‘lib, ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan favqulodda choralar 6 kundan beri amal qilayotganiga qaramay, hozircha samarasini bermayapti. Normal vaziyat faqatgina ikki shahar – Pusan va Ulsanda saqlanib qolmoqda.
Seul va uning atrofidagi hududda chiqindi gazlarini chiqaruvchi 5-darajali avtotransportni qo‘llashga cheklov kiritilgan. Fuqarolar jamoat transportidan foydalanishga chaqirilmoqdalar. Seulda davlat muassasalari hududidagi 441 ta jamoat atoturargohi yopilgan. Issiqlik elektr stansiyalari quvvati 80 foizdan oshmagan holda ishlamoqda.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In mikrochang muammosini hal qilish bo‘yicha favqulodda choralar Xitoy bilan birgalikda ishlab chiqilishini aytgan. Uning aytishicha, gap birinchi navbatda smogning yuqori miqdorida birgalikdagi choralarni qabul qilish haqida borishi lozim. Prezident, shuningdek, Xitoy bilan birgalikda Sariq dengiz ustida sun'iy yomg‘ir hosil qilish loyihasini amalga oshirish topshirig‘ini bergan.
Xitoy bu sohada ilg‘or texnologiyalarga egaligi bilan ma'lum. Janubiy Koreya prezidentining aytishicha, birgalikdagi harakatlar Janubiy Koreyadagi chang bulutlari Shanxay tomon yo‘nalayotganini ta'kidlayotgan Xitoy uchun ham foydali bo‘ladi.
Ma'lum qilinishicha, mamlakatda 2018 yilda mikrochangning o‘rtacha miqdori bir kubmetrga 24 mikorgrammni tashkil qilgan.
Hozirda bu borada eng yomon vaziyat Bangladeshda kuzatilib, u yerda mikrochangning o‘rtacha miqdori bir kubmetrga 97,1 mikrogrammni tashkil qiladi. Keyingi o‘rinlarni Pokiston, Hindiston va Janubiy Osiyoning boshqa davlatlari egallamoqda.
Janubiy Osiyo davlatlaridagi bunday noxush ko‘rsatkichlar avtotransport chiqindi gazlari va boshqa omillar bilan, Sharqiy Osiyoda esa energetikada katta hajmda ko‘mir ishlatilishi bilan bog‘langan.
Mavzuga oid
16:50 / 16.11.2024
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
17:36 / 14.11.2024
Hindiston xalqaro aeroportida havoning ifloslanishi tufayli 200 dan ortiq reyslar kechiktirildi
02:35 / 12.11.2024
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
17:52 / 11.11.2024