Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti turmadan garov puli evaziga chiqarildi
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti, korrupsiya uchun 15 yillik qamoq jazosiga tortilgan Li Myon Bak 6 mart kuni garov puli evaziga turmadan chiqarildi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, bunday qaror qabul qilinishiga bir yildan beri qamoqda o‘tirgan sobiq prezidentning salomatligi yomonlashgani sabab bo‘lgan.
2008 yildan 2013 yilgacha prezidentlik qilgan Li Myon Bak 2018 yil 22 martda berilgan order bilan hibsga olingan.Aprel boshida prokuratura uni poraxo‘rlik, mablag‘larni o‘zlashtirish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, hokimiyatni suiiste'mol qilish, saylov qonunchiligini buzish kabi jinoyatlarda ayblab, unga 20 yillik qamoq jazosi berilishini talab qilgan.
5 oktyabrda Seul oliy sudi Li Myon Bakka 15 yillik qamoq jazosi bergan. Li Myon Bak o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, mamlakat hukumati korrupsiyaga qarshi kurash vaji bilan konservativ kuchlarga qarshi kampaniya olib borayotganini aytgan. Li Myon Bak Janubiy Koreyaning jinoiy ish bo‘yicha o‘tgan 5-prezidenti bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026