Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 mart kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati qisman cheklanishi mumkin
Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi hamda IIBB YHXB tomonidan 7 mart soat 9.00 dan 19:00 ga qadar poytaxtning ayrim ko‘chalarida yo‘l qatnov qismlarining chiziqlarini chizish ishlari amalga oshiriladi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu ko‘chalar:
Islom Karimov ko‘chasining Islom Karimov — Amir Temur chorrahasidan Islom Karimov – Sharof Rashidov chorrahasiga qadar bo‘lgan qismida;
Shahrisabz ko‘chasining Shahrisabz — Istiqbol chorrahasidan Shahrisabz – Mustaqillik chorrahasiga qadar bo‘lgan qismida.
Yo‘l qatnov qismlarining chiziqlarini chizish ishlari paytida transportlar harakati qisman cheklanishi mumkin.
“Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun poytaxt ma'muriyati uzr so‘raydi”, - deyiladi xabarda.
Bundan oldin, Toshkent shahrida 70 dan ortiq ko‘cha ta'mirlanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:04 / 03.06.2026
Toshkentdagi barcha qurilish obektlari uchun yangi talablar joriy etiladi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
08:20 / 03.06.2026
DXX tezkor tadbiri: Trackerʼdan 8,9 kg gashish topildi
14:57 / 02.06.2026