Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida 70 dan ortiq ko‘cha ta'mirlanadi
Toshkent shahar hokimining 2019 yil 19 fevraldagi 269 sonli qarori bilan Toshkent shahridagi markaziy va mahallalar hududidagi ichki ko‘chalarni joriy ta'mirlash manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, poytaxtdagi 70 dan ortiq ko‘chalarda ta'mirlash ishlari joriy yilning dekabriga qadar bajariladi. Jami 1 844 688 kv metr yo‘llar ta'mirlanadi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘proq.

Xususan:
1. Toshkent shahridagi markaziy ko‘chalarni joriy ta'mirlash ishlari bo‘yicha 35077 kv metr;
2. Mahallalar hududidagi ichki yo‘llarni joriy ta'mirlash ishlari bo‘yicha 872852 kv metr;
3. Tuman prokurorlari sektorlarida aniqlangan ichki yo‘llardagi kamchiliklarni joriy ta'mirlash ishlari bo‘yicha 417394 kv metr;
4. Shahar aholisi va mahalla faollarining ariza va shikoyatlarini ijobiy xal qilish uchun tuman obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi 519365 kv metr maydon ta'mirlanadi.
Shahar markaziy va ichki ko‘chalari ta'mirlanishi bilan bir qatorda ulardagi hududlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026