Jahon | 08:58 / 07.03.2019
3620
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyadagi milliy bog‘da sayyohlarga shippaklarda yurish taqiqlab qo‘yildi  

Foto: Depositphotos / frantic00

Italiyaning Chinkve-Terre milliy bog‘i rahbariyati sayyohlarga bog‘ga shippaklarda kirishni taqiqlashga va qoidabuzarlar uchun 45 dollardan 2600 dollargacha jarima kiritishga qaror qildi.

Ushbu qaror mahalliy tog‘-qutqaruv otryadlari vakillarining sayyohlar tog‘li hudud bo‘ylab to‘g‘ri kelmaydigan poyabzalda yurishlariga shikoyat qilishlaridan keyin qabul qilingan. Sayyohlar serqoya joylarga shippaklarda va suvsiz borishadi, bu esa mutaxassislarning aytishicha, xavflidir. 

Jarima miqdori qoidaga amal qilmagan sayyohni qutqarish ishlari ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi.

“Biz bu choralarni sekin-asta kiritamiz, avval xabardor qilamiz, so‘ngra sanksiyalar qo‘llaymiz”, deb aytgan bog‘ direktori Patritsio Skarpellini.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid