Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Erdo‘g‘an tuzumini tanqid qilgan xorijliklar hibsga olinadigan bo‘ldi
Turkiya ichki ishlar vazirligi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tuzumiga qarshi chiquvchi xorijliklar Turkiyaga kelishlari bilan darhol hibsga olinishlarini ma'lum qildi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning aytishicha, sayyohlar Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi namoyishlariga tashrif buyurib “sotqinlik” qilganliklari aniqlansa, Bodrum va Antaliya kabi ommaviy kurortlar aeroportlaridayoq hibsga olinishlari mumkin.
“Yevropa va Germaniyada bu terrorchilik tashkilotining namoyishlarida ishtirok etuvchi va so‘ngra Antaliya, Bodrum yoki Muglaga ta'tilga keluvchi odamlar bor”, deb aytgan Soylu.
Turkiya tomonining bu tahdidlari Germaniyada jiddiy qabul qilinib, mamlakat tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga agar Turkiyaga bormoqchi bo‘lsalar, yaxshisi Erdo‘g‘an hukumatini ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilmaslikni tavsiya qilgan.
Turkiyada oxirgi 12 oy ichida kamida 6 nafar germaniyalik turk hibsga olingan va turli siyosiy jinoyatlarda ayblanmoqda.
Bundan tashqari, o‘tgan hafta Anqara Istanbulda ishlovchi 3 nafar nemis jurnalistining ishlashga ruxsatini ular “Turkiya obro‘siga putur yetkazayotgani” asosi bilan qaytarib olgan.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026