Jamiyat | 17:33 / 08.03.2019
3813
1 daqiqa o‘qiladi

Andijondagi barcha tumanlarda qishloq xo‘jaligi sohasidagi xotin-qizlar uchun bayram tadbirlari uyushtirildi

Andijonda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan munis ayollarimiz bayramiga bag‘ishlangan ko‘plab tadbirlar tashkil etildi. Ko‘ngli yarim, mehrga muhtojlar holidan xabarlar olindi. 

Ma'lumki, barcha sohalar singari qishloq xo‘jaligida ham ko‘plab ayollar faoliyat olib boradilar. Andijonning barcha tumanlarida hududdagi fermer xo‘jaligi yetakchilarining ayollariga, fermer ayollarga va fermer xo‘jaliklarida ishlovchi xotin-qizlarga alohida bayram dasturxonlari bezatildi. Tuman markazlarida ayollar o‘rtasida turli tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etildi. 

Oltinko‘l, Andijon, Paxtaobod tumanlarida o‘tkazilgan bayram tantanalarida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, ayollarni bahor ayyomi bilan tabrikladi. Barcha bayram ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.     

 KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov,
Andijon

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid