Özbekiston futboli haqida kunora tahliliy va tanqidiy gaplarni öqiymiz. Jurnalistlar 25 yildan beri terma jamoa haqida yozişadi. Ular yomon öynab zerikmadi, jurnalistlar esa ular haqida yozib... 

Futbol bizda deyarli odamlarni kuldiradigan «san'at turi»ga aylanib bölgan. Qiziqçilarimiz öz dasturlarida albatta «azamat futbolçilarimiz»ni bir eslab qöyişni odat qilişgan. Haytovur, boksçilarimiz bor. Kamxarjgina, sersamara sport turi muxlislarni şoda-şoda medallar bilan ovutib turibdi. 

Köp sport turlaridan maqtanadigan jihatlarimiz kam. Qit'a miqyosida kanoeda eşkak eşiş, dzyudo, kuraş, badiiy gimnastika va yengil atletikadan sovrinlar olib turgan bölsakda, jahon forumlarida bu sport turlarda ham «bulbul qöndirgan» joyimiz yöq.    

Tabiati olimpiya turlarining (qişki olimpiadani hisobga olmaganimizda) katta qismi bilan şuğullaniş uçun juda mos bölgan Özbekistonda orzu qilganimizdek muvaffaqiyatlarga erişiş uçun bir jihat xalal beradi. Bu haqda maqolamiz söngida gaplaşamiz.

Superliga va Pro Ligadagi özgarişlar haqida öqib turibmiz. Bu safar e'tiborni pastki böğiniga qaratmoqçimiz.

Futbol töpi bir quti sigaret va bir şişa aroqdan arzon bölişi kerak!

Qaysidir sohada şuğullanişni boşlagan bola uçun uskunalar zarurligi tayin. Deylik, rassomlik orzusidagi bolaga rangli qalam, akvarel, geograf bölaman deganga xarita, globus...

Sportga qiziqiş boşlanişi uçun ham eng asosiy narsa - anjom. Keyin esa maydon. Töğrisiyam şu... Raketkasiz tennis yoki badminton, koptoklarsiz - futbol, voleybol, basketbol öynab bölarmidi?

Yaqinda bir maqola öqib qoldim. Germaniya futbol terma jamoasi 2018 yilgi jahon çempionatida muvaffaqiyatsizlikka uçraganidan söng nemislar bor e'tiborni yoş avlodga qaratişgan. Rivojlantirişning yöli ham oddiygina. Ular dökonlarda kiçkintoylarga töplarni tekinga tarqata boşlaşgan. Quyidagi suratdagi töplar solingan idiş tepasidagi yozuv ham diqqatni tortadi. Uning mazmuni taxminan şunday: «Biz töplarni bolalarga sovğa qilamiz. Toki, keyingi avlod futbolni yaxşiroq öynab jahon çempioni bölsin». Mana sizga futbolning ommaviyligini oşirişning oddiy yöli.

Töpi bor bola albatta uni bir özi yoki döstlari bilan tepadi. Qiziqişi kuçayadi. Maktabda, köça jamoasida öynaydi. Undagi iqtidorni sezgan ota-ona murabbiyga olib boradi. Ustoz uni tarbiyalaydi. Öz ustida jiddiy işlasa, futbolçi bölib yetişadi.