Iqtisodçi Mirkomil Xolboyev migrantlarning ta’sirini baholaşda  kirib kelayotganlarning qaysi bozorlarga ta’siri qilişi nuqtayi nazaridan qaraş kerakligini ta’kidlaydi.

«Masalan, ijara bozorida muvozanat buzildi. Bu faqatgina ijara uçun kvartira izlab yurganlarga emas, balki istalgan şu vaqtgaça ijarada turganlarga ham ta’sir qilyapti. Umuman, hozirgaça ijarada turganlar uçun ham uy egalari narxlarni oşiryapti. Bu narsani ijara bozoriga keskin ta’sir qilganini köriş mumkin», – deydi u.

Iqtisodçi migrantlar oqimi iste’mol tovarlari yoki boşqa tovarlar narxiga katta ta’sir qiladi deb öylamasligini ta’kidlarkan, hamon ta’sirlarni baholaş uçun  kirib kelgan rossiyaliklar soni haqida aniq ma’lumotlar kerakligiga urğu beradi.

«Agar ularni 40-50 mingta deydigan bölsak, yaşab turgan aholining bir foizini ham taşkil qilmasa kerak. Iste’mol yoki aholining 1 foizga oşişi narxlarga unçalik katta ta’sir qilmaydi. Yana bir bozor – mehnat bozori. Kirib kelayotganlar yuqori malakali bölmasa (masalan, aytişnik) mehnat bozoriga kirib keliş yoki mehnat bozorida raqobat qilişi nuqtayi nazaridan katta xavf yöq deb öylayman».

Otabek Bakirov salbiy ta’sirlar qisqa şoklarda yuz berişi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

«Kelayotgan muhojirlarni uzoq yoki örta muddatli resurs deb hisoblasak, agar şunga şaroit yoki belgilar bölsa, ular iqtisodiyotimiz uçun qöşimça resurs va imkoniyatlar beradi. Lekin agar spekulyativ, ya’ni Özbekiston hududi tranzit maqomda köriladigan bölsa, qisqa muddatli şoklar orqali har xil bozorlar – uy-joy, iste’mol va mehnat bozoriga ham salbiy ta’sirlarini körsatadi. Hattoki, ayrim nuqtalarda infratuzilmaga ham salbiy ta’sir körsatişi mumkin».

Iqtisodçi  bundan 100 yil avval köplab turkistonliklar bolşeviklarning ikkinçi rus sovet bosqini oqibatlaridan qoçiş uçun Afğonistonga köçgani haqida gapirarkan, ular Afğonistonga yaşaş manzili sifatida emas, vaqtinça köçib boriş maskani sifatida qaraganini eslatadi.

«Ular imkoniyatga qarab, Eron va Turkiyaga köçib ketişgan. Ayni şu voqealar röy beryapti demayapman, teskarisi bölişi ham mumkin, agar uruş tugab hammasi barqarorlaşadigan bölsa, ular uçinçi davlatga emas, Rossiyaga ham qaytib ketişi mumkin.