Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Ramzon Qodirovning aktivlarini qidirib topish talab qilindi
Foto: AFP
AQSh Vakillar palatasining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi Boris Nemsovning o‘ldirilishi uchun sanksiyalar to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini ma'qulladi. Unda Amerika ijro hukumatiga Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning BAA va Saudiya Arabistonidagi aktivlarini topish haqida talab ham kiritildi. Bu haqda «Amerika ovozi» xabar bergan.
Checheniston rahbarining ishbilarmonlik va moliyaviy faoliyati, shuningdek, u Rossiyadan tashqarida nazorat qiluvchi barcha korxonalar yuzasidan surishtiruv o‘tkazish uchun ehtimoliy choralar ko‘rish haqida Nyu-Jyersidan kongressmen demokrat Tom Malinovskiy taklif bilan chiqdi.
Tekshiruvlar maqsadi - Magnitskiy qonuni bo‘yicha butun dunyoda inson huquqlarini himoya qilish borasida Qodirovga qarshi amalda bo‘lgan sanksiyalarning buzilish holatlarini aniqlash.
2017 yilda Checheniston yetakchisi Magnitskiy qonuniga binoan AQSh aktivlar va Qo‘shma Shtatlarga kirish imkoniyati bo‘yicha sanksiyalar joriy etgan shaxslar ro‘yxatiga kiritildi. AQSh Moliya vazirligining Qodirovga qarshi sanksiyalar bo‘yicha qarorida, u «qotilliklar, qiynoqlar va inson huquqlarini poymol etishga doir boshqa holatlarga javobgar» ekani aytiladi.
Vakillar palatasi tomonidan qabul qilinish taklif etilayotgan ushbu rezolyutsiyada Ramzon Qodirov Boris Nemsovning o‘ldirilishi uchun sudlangan Zaur Dadayevni «haqiqiy vatanparvar», marhum muxolif siyosatchini esa - «Rossiya dushmani», deb atagani aytiladi.
Shuningdek, Malinovskiyning taklifiga ko‘ra, rezolyutsiyaga Boris Nemsovning o‘ldirilishi uchun rasman sudlanganlar bilan aloqador bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga Davlat dumasi deputati, Ramzon Qodirovning eng yaqin safdoshi hamda Checheniston hukumati raisining sobiq o‘rinbosari Adam Delimxanov kiritildi.
Bundan oldin, Qodirov xalaqit bermaslik va ko‘proq pul ajratishni so‘ragandi.
Mavzuga oid
16:12 / 20.01.2026
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
13:50 / 20.01.2026
Sizning JCh-2026 uchun chiptangiz: O‘zbekiston fuqarolari AQSh turist vizasini qanday olishlari mumkin?
11:33 / 20.01.2026
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
21:52 / 19.01.2026