Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti (TIQXMMI) vakillari Berlin texnika universitetida Yevropa ittifoqining Erazmus+ Oliy ta'lim muassasalarida salohiyatni oşiriş (Capacity Building in the Field of Higher Education) dasturi böyiça “NICoPA: Aniq raqamli qişloq xöjaligi uçun yangi va innovatsion kurslar” loyihasining dastlabki yiğilişida iştirok etişdi.

Loyihada Yevropaning nufuzli universitetlari bilan birgalikda Özbekistondan uçta oliy ta'lim muassasalari Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti, Özbekiston Milliy universiteti va Toşkent axborot texnologiyalari universiteti qatnaşmoqda. Şuningdek uşbu tadbirda Özbekistonning Germaniyadagi elçixona vakillari ham faol iştirok etişdi.

Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti uşbu loyiha doirasida raqamli qişloq xöjaligi uçun yangi innovatsion yönalişlarni oçiş unga yuqori aniqlikdagi zamonaviy fanlar, ya'ni Masofadan zondlaş, GIS texnologiyalari, Smart qişloq xöjaligi kabi fanlarning moodle'lari hamda zamonaviy ta'lim texnologiyalarini yaratiş vazifasi belgilandi.

Uşbu vazifalarni amalga oşiriş maqsadida, TIQXMMI va Germaniyaning fazoviy-kosmik ma'lumotlar bazasini yaratiş böyiça eng nufuzli kompaniyalaridan biri Engineering Consulting and Management for Space Technologies GmbH kompaniyasi bilan hamkorlik bitimini imzoladi.

Uşbu Bitimni imzolaşdan asosiy maqsad, öquv jarayoniga kiritiladigan yuqoridagi Masofadan zondlaş, GIS texnologiyalari, Smart qişloq xöjaligi kabi fanlar mazmunini Özbekiston hududiga oid fazoviy ma'lumotlar bilan töldirişga qaratilgan.

Bundan taşqari, loyiha doirasida fazoviy ma'lumotlar yiğuvçi priborlarni xarid qiliş ham rejalaştirilgan. Uşbu priborlar yordamida institutning öquv tajriba maydonlarida laboratoriya maşğulotlari va tadqiqot işlarini ötkaziş, tuproq strukturasini çuqur tahlil qiliş, tuproqning meliorativ holatini aniqlaş, uning şörlaniş darajasi yoki eroziyaga çalinganlik holatini yuqori aniqlikda tahlil qiliş imkoniyatiga erişildi.
















