Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya TIV rahbari: Ukrainani tinchlik yo‘lida og‘riqli murosalar kutmoqda
Rossiya agressiyasini to‘xtatish sharoitlarini izlash Ukraina uchun g‘oyat murakkab jarayon bo‘ladi, deb hisoblaydi Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful. Uning fikricha, Kiyev urushni to‘xtatish uchun, ehtimol, og‘riqli murosaga borishiga to‘g‘ri keladi.
Foto: Odd Andersen/AFP
Ukraina Rossiya agressiyasini to‘xtatishga qaratilgan sa’y-harakatlar doirasida og‘riqli yon bosishga majbur bo‘lib qolishi mumkin, deb hisoblaydi Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful.
«Bu Ukraina uchun, shubhasiz, juda ham murakkab jarayon bo‘ladi, uning yakunida, ehtimol, umumxalq referendumi o‘tkazilishi mumkin», — dedi Vadeful seshanba kuni, 2 dekabrda e’lon qilingan Neue Osnabrücker Zeitung gazetasiga intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatda Ukraina fuqarolari Rossiyaning keng ko‘lamli hududiy yon bosish talabi sharoitida urushni to‘xtatish uchun taklif qilinayotgan shartlarni qabul qila olish-olmasligini hal qilishi kerak bo‘ladi.
«Diplomatiyaning vazifasi shundaki, u mojarodagi tomonlar qabul qila oladigan murosani ishlab chiqishi lozim. Oxir-oqibat bu, tabiiyki, og‘riqli yon bosishni ham o‘z ichiga oladi», — deb tushuntirdi Germaniya TIV rahbari.
Yoxann Vadefulning ta’kidlashicha, xalqaro diplomatik sa’y-harakatlar tufayli o‘t ochishni to‘xtatish imkoni hozirda «hech qachon bu qadar yuqori bo‘lmagan». U, shuningdek, «muhim shartlardan biri Ukrainaning Rossiya tomonidan yangi agressiya oldida himoyasiz qolib ketmasligiga ishonch hosil qilishi bo‘ladi», deb qayd etdi. Bunday kafolatlarni ta’minlashda hal qiluvchi rol AQShga tegishli, deya urg‘u berdi Vadeful.
Yaqinda AQSh Ukrainaga qarshi urushni to‘xtatish rejasini taqdim etgan edi, unda Vashington Moskvaning bir qator asosiy talablariga jiddiy ravishda yon bosishga tayyorligini ko‘rsatdi. Rejada Ukraina tomonidan katta hududiy yon berish va Kiyevning NATOga qo‘shilmaslik majburiyati nazarda tutilgan edi.
Biroq Ukraina va uning Yevropa ittifoqchilari e’tirozlaridan so‘ng tinchlik rejasi loyihasi Kiyev manfaatlarini ko‘proq inobatga olish tomon qayta ishlab chiqildi.
Mavzuga oid
09:21
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
23:21 / 04.12.2025
Ukraina aholisi 42 milliondan 36 milliongacha kamaydi – OAV
23:00 / 04.12.2025